У нас есть только
оригинальные песни

Oliy Liga. OChL guruh bosqichida qolib ketgan “Bunyodkor”, O‘zbekiston chempionatida peshqadam bo‘lib oldi

calendar 24.04.2016
903

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi 6-turidan joy olgan 3 ta bellashuv o‘z yakuniga yetdi.

Toshkent derbisida “Obod” hamda “Bunyodkor” klublari to‘qnash keldi va unda Sergey Lushchan jamoasi yirik — 4:0 hisobida zafar quchdi. Qayd etish kerak, “Bunyodkor” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining Toshkentda o‘tgan so‘nggi olti o‘yinida raqib darvozasiga yo‘l topa olmagandi.

Bellashuvdan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytargan “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushchan shogirdlari ko‘p gol urishini kutmagani va ular 4 ta vaziyatdan 4 ta gol kiritganini tan oldi. “Chempionat.asia” saytida Lushchandan iqtibos keltirilishicha, Qatarning “Lehviya” klubi “Bunyodkor”dan, “Bunyodkor” esa “Obod”dan saviyaliroq bo‘lgani uchungina g‘alaba qozongan.

Turning ikkinchi o‘yinida Farg‘onaning “Neftchi” klubi “Mash’al” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Qayd etish kerak, “Neftchi” Muborakka tashrif buyurgan oxirgi olti yilida raqibini mag‘lub eta olmagandi. So‘nggi bor 2009-yilgi mavsumda muvaffaqiyat qozongan “Neftchi”, 2016-yilgi mavsumga kelibgina “Mash’al” maydonidan 3 ochko bilan qaytdi.

So‘nggi ikki turda “Lokomotiv” va “Neftchi”dan jami 4 ochko tortib olgan Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi esa “Andijon”ga kelganda yurishini davom ettira olmadi.

23-aprel holatiga ko‘ra, “Bunyodkor” 16 ochko bilan yakkapeshqadam bo‘lib turibdi. Shu bilan birga Sergey Lushchan jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasidagi yurishiga rasman yakun yasagan mamlakatning yagona jamoasi hamdir. “Andijon” hamda “Neftchi” ochkolari sonini 6 taga yetkazdi. “Obod” esa olti bellashuvning birortasida ham zafar qucha olmay, 2 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
6-tur bellashuvlari
23-aprel, shanba

“Mash’al” — “Neftchi” 1:2

Gollar: Mirzohid G‘ofurov, 2 (1:0). Murod Bobojonov, 25 (1:1). Murod Bobojonov, 60 (1:2).

“Obod” — “Bunyodkor” 0:4

Gollar: Doston Hamdamov, 34-pen (0:1). Akmal Shorahmedov, 38 (0:2). Eldor Shomurodov, 42 (0:3). Eldor Shomurodov, 75 (0:4).

“Andijon” — “So‘g‘diyona” 3:0

Gollar: Nemanya Yovanovich, 42-pen (1:0). Nemanya Yovanovich, 47 (2:0). Anvar Berdiyev, 59 (3:0).
Chetlatish: Akmal Xolmurodov, 50 (S).

24-aprel, yakshanba
“Qo‘qon—1912” — “Qizilqum”
“Olmaliq” — “Navbahor”
“Sho‘rtan” — “Lokomotiv”
“Buxoro” — “Nasaf”

25-aprel, dushanba
“Paxtakor” — “Metallurg”

Яндекс.Метрика