У нас есть только
оригинальные песни

«Omad lotto» lotereyasidan bir milliard so‘m yutib olish mumkinmi?! Mumkin ekan!

calendar 19.01.2018
2057

Hayotda omadli insonlar juda ko‘p. Gohida ularga havas qilamiz, goh ulardek bo‘lishga intilamiz.

AT Xalq bankining «Omad lotto» lotereyasi «36 dan 5» o‘yinining 379-tirajida 1 milliard so‘mlik «JEKPOT» sohibiga aylangan yurtdoshimizga bugun ko‘pchilikning havasi kelayotgani turgan gap. Axir bir milliard so‘m hazilakam yutuq emas.

Farg‘ona viloyatida yashovchi Jumaqo‘zi Akbarovning xursandchiligini so‘z bilan ta’riflash qiyin. U bu haqda shunday deydi:

 «Omad lotto» lotereyasini anchadan beri o‘ynab kelaman. Avvallari ham kichik-kichik yutuqlarini qo‘lga kiritganman. Ammo menda jekpotni yutish ishtiyoqi bor edi. Xudoga shukur, orzuyimga yetdim. Nasib qilsa, bu pullarni nafaqat o‘zim uchun, balki tumanimiz ahliga ham nafi tegadigan ishlarga sarflamoqchiman.

Xalq banki lotereyalari haqiqatan ham orzular ro‘yobi ekan, men bunga o‘zimning misolimda amin bo‘lib turibman.

Yutuq sohibining quvonchini ko‘rib, minglab yurtdoshlarimizning ko‘nglida g‘olib bo‘lish istagi uyg‘ongan bo‘lsa ne ajab?! Biz esa ularga qarata Xalq bankining «Omad lotto» lotereyasi «36 dan 5» o‘yinini o‘ynashda davom eting deb qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘yin kombinatsiyalarini Xalq bankining istalgan bo‘linmasi va «UzPaynet» shoxobchalarida ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.

Yutuqli biletlar tiraj o‘tkazilgan kundan boshlab, 3 oy muddat davomida to‘lovga qabul qilinadi.

Lotereya haqidagi batafsil ma’lumotlarni Xalq bankining www.omadlotto.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

Lotereyada ishtirok eting va baxtli g‘olibimizga aylaning!

Xalq banki lotereyalari – orzularingiz ro‘yobi!

Яндекс.Метрика