У нас есть только
оригинальные песни

ONAJONIM,SIZNI SOG'INDIM!!!

calendar 15.09.2012
9411

ONAJONIM,SIZNI SOG'INDIM!!!

Yuragimni, bir his o'rtaydi,
Qani, yo'lim yaqin bo'lsaydi.
Ko'nglim har on, sizni qumsaydi,
Onajonim, sog'indim, sizni.

Ko'zlarimga, kеlmaydi uyqu,
Mеni qiynar, bir ajib tuyg'u.
Bilmadim bu, sеvinchmi, qayg'u?
Onajonim, sog'indim, sizni.

Kеling, onam, mеhmonim bo'ling,
Boshim uzra, posbonim bo'ling.
Yuragimga, darmonim bo'ling,
Onajonim, sog'indim, sizni.

Yolvoraman, har tong, Olloxga,
Olib tursin, sizni panohga.
Borolmasam, yo'ymang gunohga,
Onajonim, sog'indim, sizni.

Tonglar, qo'lim ochib duoga,
Iltijolar qilgum, Xudoga.
Umringizni etsun ziyoda,
Onajonim, sog'indim, sizni!
Яндекс.Метрика