У нас есть только
оригинальные песни

Onlayn qabul: Birinchi sinfga onlayn rejimda qabul boshlandi

calendar 08.07.2018
818

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida birinchi sinfga hujjatlarni onlayn rejimda qabul qilish ishlari boshlandi. Tuman Xalq ta`limi bo'limidan  xabar berilishicha, hujjatlar, takliflar va shikoyatlarni onlayn rejimda qabul qilishga doir ishlar amalga oshirilmoqda.

Ota-onalar kunning istalgan qismida Uchtepa tumani maktablari saytlari orqali bolaning birinchi sinfga chiqishi uchun zarur hujjatlarini hech qanday qiyinchiliklarsiz uzatishlari mumkin bo'ladi. Shuningdek takliflar va shikoyatlarni ham yo'llash imkoni mavjud.

Demak, bola birinchi sinfga qabul qilinishi uchun quyidagi hujjatlarni yo'llash kerak bo'ladi:

  • ota-ona yoki qonun asosida ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning original pasportlari skaneri;
  • bolaning tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnoma skaneri;
  • Tor doira mutaxassislaridan o'tganlik to'g'risidagi original tibbiy karta skaneri.

Onlayn rejimni yo'lga qo'yishdan maqsad - ota-onalar va maktab o'rtasida maksimal aloqa o'rnatish va 1-sinfga hujjatlarni topshirish jarayonini yengillashtirish.

Яндекс.Метрика