Nigeriyaning sobiq neft vaziri, OPЕK prezidenti Diezani Alison-Madueke Londonda korruptsiya va noqonuniy pullarni legallashtirishda ayblanib qo'lga olindi. Bu haqda Nigeriyaning Premium Times nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Alison-Madueke xonim bilan birgalikda yana 4 kishi hibsga olingan. Ularning ismlari keltirilmadi.
Xabarnomada ta'kidlanishicha, Alison-Madueke mamlakat prezidenti Jonatan Gudlakka katta ta'sir o'tkazib kelgan.