У нас есть только
оригинальные песни

Optik disklarning xotirasini million marta kengaytirish usuli ishlab chiqildi

calendar 04.01.2017
902

Dunyoning turli burchagida bir vazifa ustida hamkorlik qilayotgan olimlar guruhi axborotni yozish va saqlashning yangi texnologiyasini ishlab chiqishdi. U optik disklardagi axborotni saqlash zichligini million marta orttirish imkonini beradi. Ushbu ishlanmani Qozon federal universiteti, London imperiya kolleji va Harvard universiteti mutaxassislari ixtiro qilishdi. 

Ularning so'zlariga ko'ra, hozirda, axborotni yozishdagi eng yuqori hajm ko'rsatkichi cheklanganiga fizika qonunlari sababdir. Unga binoan, yorug'likni, ayni qo'llanilayotgan yorug'lik to'lqini uzunligining yarmidan kam bo'lgan hududda jamlash mumkin emas. Olimlar esa aynan ushbu cheklovni qaytarzda aylanib o'tish masalasini hal etishlari lozim edi. Qozon federal universiteti vakili Sergey Xarintsevning aytishicha, ushbu muammoga yechim topilgan. 

«Yozishning yangi texnologiyasida yorug'likni bir nuqtaga jamlash ma`lum bir radial va azimutli qutblashga ega bo'lgan lazerli yorug'likli optik nanoantennalar yordamida amalga oshiriladi. Axborot tashuvchi hisoblanadigan disk qatlami esa, azo-bo'yovchi deb ataluvchi optik anizotropli polimer tasmadan yasaladi», - degan Xarintsev.

Hozirda, olimlar axborot tashuvchining tajriba namunasi ustidaa ish olib borishmoqda. U axborotni saqlash zichligini ta`minlay olishi kerak. Axborotni yozish texnologiyasi bir kvadrat detsimetr maydonga 100 terabayt axborotni yozish imkonini beradi hamda mavjud eng keng sig'imli qattiq disklar ko'rsatkichidan 38 marotaba ortiq ma`lumotni saqlashni ta`minlaydi. Kelgusida bu zichlik bir kvadrat detsimetrga 1 petabayt miqdoriga yetkazilishi aytilmoqda. Bu holda, oddiy DVD-diskka yoziladigan axborot hajmi hozirgidan bir million martaga ortadi. 

Яндекс.Метрика