У нас есть только
оригинальные песни

Oq sochlar endi muammo emas!

calendar 01.02.2017
3079

Kimyoviy bo`yoqlar oq tolalarni samarali bo`yaydi-yu, ammo soch va bosh terisiga salbiy ta`sir ko`rsatmay qolmaydi. Quyida sizni uy sharoitida oddiygina kartoshkadan tayyorlanadigan ajoyib vosita bilan tanishtiramiz.

1. 5 dona kartoshkani suvda yuvib, po`stini qalinroq qilib arching. Chuqur idishga 2 stakan suv quyib, archilgan kartoshka po`stini soling. So`ng idishni olovga qo`ying-da qaynab chiqishini kuting.

2. Qaynab chiqqanidan so`ng, olovni pasaytirib yana 5 daqiqa qaynatasiz. Shundan keyin olovni o`chirib, suyuqlikni sovuting. Qaynatmani dokadan o`tkazib oling.

3. Qaynatmaga ozgina rozmarin yoki lavanda efir moyidan qo`shib yuboring, shunda suyuqlikdan xushbo`y hid ufuradi.

4. Boshni har doimgi uslubda yuving-da, suyuqlikni soch tomirlariga surtib boshni uqalang. Bu niqobni qayta-qayta tayyorlab, sochlarga surtaversangiz oq sochlardan asar ham qolmaydi.

Яндекс.Метрика