У нас есть только
оригинальные песни

Oq uy yonida «barcha oq tanli politsiyachilarni» o'ldirmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

calendar 07.11.2017
1238

AQSh maxfiy xizmati Vashingtondagi Oq uy yonida «barcha oq tanli politsiyachilarni» o'ldirmoqchi bo'lgan erkakni qo'lga oldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Ta`kidlanishicha, Texas shtati Dallas shahridan bo'lgan Maykl Arega 6 noyabrda kunning ikkinchi yarmida hibsga olingan.

Erkak qo'lga olinganidan so'ng «Oq uydagi barcha oq tanli politsiyachilarni» o'ldirmoqchi bo'lgani haqida ma`lum qildi.

Telekanal ma`lumotlariga ko'ra, Arega – afroamerikalik. U Efiopiyada tavallud topgan bo'lishi mumkin.

Яндекс.Метрика