У нас есть только
оригинальные песни

Oqibat

calendar 12.09.2011
5141


Oqibat nima o'zi u? Ko'pchiligimiz oqibat haqida hech o'ylab ko'rganmikinmiz? Man yaqinda bir videoni ko'rib qoldim. Unda bir itni mashina urib ketgan, yo'lni o'rtasida o'lib yotipti, boshqa it bo'lsa uni tortib yo'lni chekkasiga chiqarib qo'ydi. Boshqa videoda bo'lsa, bir odam musulmon cholni o'lgunicha urdi bunga hamma tomoshabin bo'p turipti. Rasmga, videoga olishdi lekin aqali bir kishi ham yordam bermadi! Buni ko'rib yig'lab yubordim to'g'risi, itni itga oqibatini qarangu odamlarni bir biriga oqibatini qarang!

Man bu bilan hammani qoralamoqchi emasman, shunchaki biz atrofimizda bo'layotgan hodisalarga befarq bo'lib qolganmiz! Qarang kimda oqibat ko'rasiz hozir? Nega odamlar pul mol-u dunyo deb oqibatni unutib qo'yishgan? Hatto tug'ushganlar ham o'zi bilan ovora! Nega bir birimizga mehrsiz bo'lib qoldik? Shu dunyo matohlari uchunmi? Axir kitobimizda yozilmaganmi odamlaga yordam beringlar hammaga birday munosabatda bo'linglar deb.
Avvalgi zamonda odamlar bir birlarini qul qilishgan lekin, hozir odamlar o'zlarini o'zlari qul qilishmoqda. Ular o'zlarini qo'llaridagi narsaga ya'ni boylikka qul bo'lishmoqda! Bunisiga nima deyish mumkin? Bu pul mol-u dunyo bir pullik narsa hammasi, asosiysi odamlarga ozgina bo'lsa ham foydamiz tegsin, bizdan bu dunyoda qoladigan yagona narsa qilgan yaxshi amallarimiz bo'ladi.
Odam har doim mehr-muhabbatga muhtoj bo'ladi lekin, sevishni ham bilish kerak. Hozirgi ko'p yoshlarizim sevgisini ota onasidan ustun qo'yishmoqda ularni norozi qilib turmush qurishmoqda hatto sevgilisi tashlab ketsa o'z joniga qast qilmoqda. Shu haqida mani fikrim: sevgini ham meyori bo'ladi mayli seving lekin sevgini ota-onadan ustun qo'ymang! Ota onasini norizo qilgan farzand qanday qilib baxtli bo'la olsin? Mayli bunga ham ota onayiz ko'nikishdi lekin shunga ham ko'pchilik noshukurlik qiladi. Turmush qurganimizdan keyin nima qilamiz? Albatta o'zimiz bilan o'zimiz ovora bo'lamiz ishimizdan ortmay faqat o'zimizni bola-chaqamizni oilamizni deb yashaymiz. Ammo shuni unutib qo'yamizki qachonlardir ota onamiz faqat bizni deb yashashgan.
Bir qizni yo bir yigitni deb o'z jonizga qasd qilmoqchisiz lekin bunda ota-onayizni nima aybi bor? Ular sizni shu yoshgacha nima uchun katta qilishdi o'zizni o'ldirishiz uchunmi? Yo ula qaringan chog'imizda suyanchiq bo'lsin deb sizni ulg'aytirishdi, siz bo'lsa faqat o'zizni o'ylaydigan xudbinsiz. Sevgi deb o'zizni o'ldirmoqchisiz ota onayizchi do'zahga tushgandek farzand dog'iga qolishadi. Shumi ularga bo'lgan oqibat?
Do'stga oqibatchi? Boylik uchun do'stlashilmaydi, do'stlik boylikdan ustundir lekin, biz shuni tushuna olmaymiz, do'stimizni og'ir kunida tashlab qo'yamiz xolbuki u bizdan hech narsa talab qilmaydi shunchaki unga bir o'giz shirin so'zimiz kifoya qiladi lekin hatto shuni ham undan ayaymiz.
Hozir oqibat odamlarda topilmas matoxga aylanib qoldi!

Ya_ne_Fanatka

Яндекс.Метрика