У нас есть только
оригинальные песни

Orenburgda 2 yoshli qizcha 9-qavatdan tushib ketib, tirik qoldi

calendar 16.05.2016
1243

Rossiyaning Orenburg shahrida ikki yashar qiz 9-qavat derazasidan tushib ketdi, ammo sog‘-omon qoldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Voqea dam olish kunlari shaharning Salmishskaya ko‘chasida sodir bo‘ldi. Qizaloq 2014-yili tug‘ilgani aytilmoqda. Voqea paytida u xonada opasi va akasi bilan o‘tirgan edi. Bolalarning oldiga kirgan ota kichkina qizining yo‘qligini payqab qoldi va derazadan pastga qarab, u yerda yotganini ko‘rdi.

Qizaloq qornidan va boshidan jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Ayni paytda u og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limida muolaja olmoqda.

Яндекс.Метрика