Doimiy chanqoq
Natriy organizmdagi suv balansi uchun kerakli bo‘lgan muhim elementlardan hisoblangani sabab ham tuz iste’moli muhim sanaladi. Ammo me’yorga e’tibor berilmasa, ortiqcha natriy organizmdagi suvni ushlab qoladi. Miya esa suv ichish kerakligini eslatib, signal beradi. Organizmda tuz bisyor bo‘ladigan bo‘lsa, chanqoq umuman qolmasligi mumkin.
Shishlar
Shishlar ham chanqoq singari sabablar bois paydo bo‘ladi. Tuz suvni ushlab qolgani hisobiga qon aylanishi, moddalar almashinuvi sekinlashadi. Bularning bari qutulish qiyin bo‘lgan shishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Tuzning haddan ortiq ko‘p ekani sabab ichaklarda diskomfort va qorinda shish kuzatilishi mumkin.
Bosh og‘rig‘i
Boshning sababsiz og‘rishi so‘nggi iste’mol qilgan mahsulot bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tuzning haddan ortiq ekani miya qon tomirlarining kengayishiga olib kelishi va bundan keyin bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.
Odatiy mahsulot va taomlarning ham sho‘r tuyilishi
Yuqorida ta’kidlangan simptomlardan tashqari, natriyning haddan ortig‘i ta’m bilish retseptorlariga ham ta’sir qiladi. Oqibatda sezuvchanlik kamayib, tuzni ko‘p iste’mol qilishga bo‘lgan talab ortishi mumkin.
Tuz bisyor bo‘lgan mahsulotlardan tiyiling
Amerika parhezshunoslar uyushmasining fikricha, tuz serob bo‘lgan mahsulotlar: non va bulochkalar, kolbasa, burgerlar, pitssa, yarimtayyor mahsulotlar va konservalar salomatlik uchun xavfli.
Uy sharoitida tayyorlangan taomlarni iste’mol qiling
Restoran, kafedagi taomlar qanday sharoitda tayyorlangani va qancha tuz qo‘shilganini bilolmaysiz, shu sabab ham iloji boricha uyda tayyorlangan taomlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Ziravorlardan foydalaning
Taom mazali tuyulmasa, tuz qo‘shishga shoshilmang. Tarkibida tuz bo‘lmagan turli ziravorlar ham bu borada yordam berishi mumkin.
Konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilishdan avval yuving
Konservalangan jo‘xori va loviyasiz hayotingizni tasavvur qila olmasangiz, iste’moldan avval yaxshilab yuvish tavsiya qilinadi.