У нас есть только
оригинальные песни

Original atirni qalbakisidan qanday farqlash mumkin?

calendar 01.01.2017
2721

Mashhur brendlarning atirlari arzon turmasligi barchamizga ma’lum. Bu pullar atir qutisi va idishini qalbakilashtirishni o‘rganib olgan firibgarlarga nasib qilishini istamaymiz, albatta. Atir xarid qilishda uning soxtasiga uchramaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Sertifikatini tekshiring

Qo‘lingizda original yoki qalbaki atir ushlab turganligingizni aniqlashning eng sinalgan usuli — sotuvchidan uning sertifikati, aniqroq aytganda, ishlab chiqaruvchisi, distribyutori va ishlab chiqarilgan davlat ko‘rsatilgan muvofiqlik deklaratsiyasini so‘rashdir.

Sinalgan do‘kondan xarid qiling

Agar bundan avval biror do‘kondan original atir xarid qilgan bo‘lsangiz, keyingi safar ham yangi atir uchun unga yo‘l olishni tavsiya etamiz. Agar birinchi marta xarid qilayotgan bo‘lsangiz, do‘st va tanishlaringizning tavsiyalariga quloq tuting.

Atir o‘rami (upakovka)ni ko‘zdan kechiring

Agar do‘kondan sertifikat so‘rashga jur’at qilolmayotgan yoki sizga atirni sovg‘a qilishgan bo‘lsa, unda boshqa belgilarga qarab uning sifatini aniqlashingizga to‘g‘ri keladi. Ishni karton qutining tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirishdan boshlaymiz. U qimmatbaho va o‘ziga jalb qiluvchi ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.

Karton qalin, yorqin ranglarda bo‘lishi, undagi yozuvlar aniq va oson o‘qilishi kerak. Agar o‘ram polietilenga o‘ralgan bo‘lsa, u yupqa va qutiga jips yopishib turishi, uning chetlari qo‘pol yopishtirilgan emas, kavsharlangan bo‘lishi lozim.

Atir idishiga ahamiyat bering

Idish shishasi sifatli, ichida pufakchalari va boshqa kamchiliklari bo‘lmasligi lozim. Agar shisha rangli bo‘lsa, u tashqi tomondan bo‘yalgan bo‘lmasligi, ya’ni bo‘yog‘i ketib qolmasligi kerak. Qopqog‘i yetarlicha og‘ir va flakonni zich yopib turishi lozim.

Flakonni silkitib ko‘ring. Sifatli atirda paydo bo‘lgan pufakchalar 10—15 soniyadan keyin, sifatsizida esa o‘sha zahoti yo‘qoladi.

Atir narxi ham muhim jihat sanaladi. Agar rasmiy saytida Dior atiri 150 yevro bo‘lib, sotuvchi esa uni 150 ming so‘mga taklif qilayotgan bo‘lsa, demak bu yerda bir gap bor.

Яндекс.Метрика