У нас есть только
оригинальные песни

"Орёл и решка" ko‘rsatuvining O‘zbekistonda sur'atga olingan soni namoyish etiladi

calendar 30.08.2015
2372

Shu yilning iyun oyida Samarqand, Toshkent va Buxoro shaharlarida suratga olingan "Орёл и решка" ko‘rsatuvi efirga uzatilish sanasi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha ko‘rsatuvning O‘zbekistonga atalgan soni 4-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da «Пятница» telekanalida namoyish etiladi.

Dastur shartiga ko‘ra, har dam olish kunlari ko‘rsatuvning ikki boshlovchisi alohida shaharlarga jo‘nashadi. Boshlovchilardan biri miqdori cheklanmagan «oltin bank kartasi»ga, ikkinchisi esa atigi 100 dollar pulga ega bo‘ladi. Kim nimani olishi tanga tashlash orqali aniqlanadi. Boshlovchiga tanganing «burgut» tomini tushsa boshlovchi oltin kartani oladi, aks holda 100 dollarni.

Dastur davomida boshlovchilar teletomoshabinlarga o‘zi sayohat qilayotgan shaharning diqqatga sazovor joylari, mehmonxonalari va uning narxlari haqida ma’lumotlar beradi.

Яндекс.Метрика