У нас есть только
оригинальные песни

Orlando fojiasi sababchisining so'nggi xabarnomasi ma'lum bo'ldi

calendar 16.06.2016
1146

Orlandodagi tunggi klubda otishma keltirib chiqargan va buning natijasida 49 kishining umriga zomin bo'lgan qotil “feysbuk”dagi o'z sahifasida bir nechta xabarnoma joylashtirishga ulgurgan. Bu haqda milliy xavfsizlik qo'mitasi rahbari Ron Jonsonning ma'lumotiga asoslanib, Fox News xabar bermoqda.

Qirg'in sababchisi Umar Matin IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al Bag'dodiyga bay'at bergan (ergashgan) va “haqiqiy musulmon G'arb tanlagan yo'ldan ketmaydi”, deya o'z fikrlarini bildirgan.

“Siz aviazarbalar tufayli begunoh ayollar va bolalarni o'ldirmoqdasiz. IShID qasosini qabul qilib oling”, - deb yozgan u ijtimoiy tarmoqda.

Matinning qo'shimcha qilishicha, AQSh va Rossiya IShID bombardimon qilishni to'xtatishi kerak. U, shuningdek, yaqin kunlar ichida AQSh hududida jangarilar guruhi hujum qilishini ham aytib o'tgan.

Ma'lum bo'lishicha, u qotillik qilishidan oldin OAVdan “Pulse Orlando” va “shooting” (otishma) so'zlarini kuzatib borgan. U o'zi uchun internetdan IShID etakchisining so'zlarini va San-Bernardino terrorchilarining ma'lumotini qidirgan.

FQB manbasining aytishicha, Matin klubda 16 ta qo'ng'iroq amalga oshirgan. U kimga qo'ng'iroq qilgani aniqlashtirilmoqda. O'z navbatida, senator Jonsonning aytishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Umar Matinning “feysbuk” ijtimoiy tarmog'ida beshga yaqin akkaunti bo'lgan. Hukumat kompaniyadan ushbu akkauntlar yuzasidan ma'lumot taqdim etishni so'ragan.

Яндекс.Метрика