Orol dengizi suvida faqat bitta jonzot omon qoldi

Ma`lumotlarga ko'ra, o'tgan asrning 60-yillarida Orol dengizi suvining har bir litrida 10-12 gramm miqdorda tuz bo'lgan. Okean suvi kabi sho'r suvga aylangan davrlarda mahalliy baliqlar qirilib ketgani sababli unga kambala singari har xil okean baliqlari olib kelingan. Suvdagi tuzlilik darajasi 50 grammdan oshgandan keyin barcha baliqlar qirilib ketgan. Hozirgi vaqtda uning tuzlilik darajasi 160 gramm atrofida, deb yozmoqda O'zA. 

Orol dengizi suvida faqat bitta jonzot yashab qoldi. U artemiyadir. Artemiya hamon mutatsiyaga uchramay, 100 million yillardan buyon o'zgarishsiz kelayotgan oddiy organizmlardan biri. 

Artemiyalar yer yuzida asosan xlorli, sulfatli, karbonatli, har litrida 300 grammgacha tuzi bor sho'r suvda uchraydi. Ular suv o'tlari, bakteriyalar bilan oziqlanadi. Orol dengizidagi artemiyalar asosan urg'ochi, lekin ular o'z-o'zidan ko'payish xususiyatiga ega. 

Mamlakatda Orol dengizidan artemiya tsistalarini yig'ib olib sotish bilan shug'ullanadigan 10 dan ortiq firma va korxonalar mavjud. Ularni baliqchilik bilan shug'ullanuvchi qator davlatlar sotib olmoqda. O'zbekistondagi baliqchilik xo'jaliklari ham albatta foydalanadi. 

Artemiya tsistalari asosan Xitoy, AQSh, Rossiya, Qozog'iston, Mo'g'uliston va Eron davlatlarining tuzli ko'llarida yetishtiriladi. O'zbekistonda esa faqat Orol dengizida uchraydi. 

Artemiya tsistalarini sof tarzda olib bo'lmaydi. Dastlab dengizda qalqib turgan biomassa yig'ib olinadi. U hali to'liq ko'payib ulgurmagani uchun faqat dengiz chetidan yig'ib olinadi. Tsistalarning o'rtacha diametri 235,5 mikromillimetr. Uni faqat mikroskop yordamida ko'rish mumkin. Artemiya tsistalari yig'ib olingandan keyin maxsus tayyorlangan hovuzga suv quyilib, belgilangan haroratda lichinkalar paydo qilinadi. Bu baliq lichinkalari uchun juda zarur ozuqadir. 

Oddiy omuxtalar bilan boqilgan baliq lichinkalarining 50 foizi tirik qolib o'sadigan bo'lsa, artemiya lichinkalari bilan oziqlangan baliq lichinkalarining 90 foizdan ko'prog'i hech qanday kasalliksiz rivojlanadi. Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi tomonidan artemiyalarning yashash sharoiti va yetishtirish darajasini o'rganish bo'yicha izlanishlar olib borilmoqda. 


Комментарии (0) | Добавить: 23.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Qozog'iston lotin alifbosiga o'tdi
Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Qo'shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi
Kartoshka bojxona to'lovlaridan ozod etildi
La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda