У нас есть только
оригинальные песни

Orol tubida yangi gaz konlari

calendar 01.05.2018
1237

«Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi» filiali jamoasi hozirgi kunda Ustyurt kengligi va Orolbo‘yi hududlarida xorijiy («Lukoyl», «Eriell») kompaniyalar bilan hamkorlikda tabiiy yer osti boyliklarini qidiruv va tadqiq qilish ishlarini olib bormoqda. Yaqinda ular tomonidan pastki Surgil koni ochilib, uni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar boshlandi-, deb yozadi O‘zA. 

– Surgil koni moydonidagi burg‘ilash quduqlaridan shu kungacha 3 ming metrlik chuqurlikkacha yuqorg‘i va o‘rta yura davri qatlamlaridan gaz va gaz kondensati mahsulotlari olinayotgan edi. Joriy yil boshida quyi Surgil maydonida 3 ming 650 metrlik chuqurlikdan, ya’ni quyi yura davri qatlamlaridan gaz va gaz kondensati mahsulotlarini olish boshlandi, – deydi filial mutaxassisi Maqset Reymov. – Ushbu quyi Surgil konining ochilishi biz uchun yangi yil sovg‘asi bo‘ldi. 

So‘nggi yillarda mamlakatimizning yonilg‘i fondini ko‘paytirish yo‘llaridan biri bo‘lgan neft va gaz geologiyasi sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Ustyurt neft-gaz mintaqasida geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan dasturga muvofiq, 2018 yilda ushbu mintaqada olib boriladigan ishlarni jadallashtirilib yana 25 joyda qidiruv-izlash ishlari yakunlanadi. 

Hozirgi vaqtta shu yo‘nalishdagi ishlar boshlab yuborildi va G.Ultepov boshqargan «Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi» filiali jamoasi Ustyurt kengligi va Orolbo‘yi hududlarida ikki dala seysmopartiyasi va bir kon geofizika partiyasi yordamida geofizik izlash ishlarini olib bormoqda. 

Hozirgi kunda Ustyurt mintaqasida 4 ming 200 metrgacha chuqurlikda joylashgan quyi yura qatlamlaridan gaz va gaz kondensati mahsulotlarini olish choralari ko‘rilmoqda.

Яндекс.Метрика