У нас есть только
оригинальные песни

Ortiqcha vaqt bo‘lmasa, ingliz tilini qanday o‘rganish mumkin?

calendar 19.03.2017
2178

Ingliz tili — xalqaro til, shuningdek, u xitoy va rus tilidan farqli o‘laroq, ancha sodda til. Ingliz tili faqat chet mamlakatga sayohatga borganda yoki o‘z yurtingizda xorijlik sayyohlar bilan muloqot qilishda emas, balki ishda ham sizga qo‘l keladi.

Bizning tavsiyalarimiz sizga ingliz tili bilan shug‘ullanishga vaqtingiz va naqdingiz bo‘lmagan holatlarda ham yordam berishi mumkin.

Birinchi tavsiya — noto‘g‘ri fe’llar jadvalini, shuningdek, so‘zlashuv iboralarini printerdan chiqarib olib, butun uy bo‘ylab osib chiqish. Nonushta vaqtida yoki uy yumushlarini bajarayotganingizda yo bo‘lmasa, uyqu oldidan ularga duch kelib, beixtiyor o‘qiysiz va yodda saqlaysiz.

Ikkinchisi — telefoningizga Duolingo va 50 languages bepul dasturlarini yuklab oling (Playmarket va Appstore’da bor). Ular bir dunyo foydali ma’lumotlar, darslar va tayyor iboralarni, shuningdek, ingliz tili bo‘yicha testlarni o‘z ichiga oladi.

Uchinchi tavsiya — ingliz tilida so‘zlashuvchi tanishlar orttiring. Facebook, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar tufayli, bugungi kunda bu qiyin ish emas. Ulardan ingliz tilingizni amalda qo‘llab ko‘rishda yordam so‘rashdan uyalmang.

Va nihoyat, eng asosiysi, yangi narsani bilib olishdan tortinmang va qo‘rqmang. Birorta do‘stingiz bilan birga ingliz tilini o‘rganing va u bilan faqat inglizcha gaplashishga kelishib oling. Amerika seriallarini tomosha qiling, inglizcha qo‘shiqlar tinglang va asosiysi, motivatsiyani yo‘qotmang. Stay motivated!

Яндекс.Метрика