У нас есть только
оригинальные песни

ORZULARIM ALMASHDING YOLG’ONLARINGA

calendar 25.08.2013
4135


ORZULARIM ALMASHDING YOLG’ONLARINGGA

Men seni uchratgan kunim hamon esimda…Eh uchratmasam bo’lar ekan-a, qayerdan ham uchrading yo’limda…O’g’irlading hayolim ,egallading qalbim beso’roq…Seni ko’zlaringga qarab, mahliyo bo’lib dunyoni unutibman. Seni orzularingni o’z orzularimga almashibman. Birga bir umr yonma –yon bo’lishni, qartaygan chog’imda ham sevging shunday bo’lishini takror va takroraytareding. Sen ketma derding- u , ammo o’zing birinchi bo'lib ketting hiyonating-la…Yuragimni abgor etding, sensizlikka ko’nikolmadim, yig’ladim, yuragim pora-pora bo’lib qancha vaqt o’tsa hamki hiyonatingni unutolmadim. Muhabbatim nafratga aylandi. Bilmadim qay lahza, qay on yuragimni yemira boshladi… Men shunchaki tirik murdaga aylandim.Vaqt o’tdi…Yana yana yuragimdagi nafrat olovi pasaygandek bo’ldi, "qalbimdagi iztirob ham hayot ham davom etyaptiku” degan gapga ovuna boshladim… Shunday xotirjam kunlarim yana yo’limda uchrab, hayollarimni shamoldek to’zg’itding. Poyimga tiz cho’kib meni kechirdeding. "-Yo’q! ket nega qaytding hayotimga? " desam, sen "-Sensiz yashayolmasligimni tushunib yettim” deding bezbetlarcha yolvorib… "-Osongina voz kechding-ku sof sevgimiz, axt-u paymonlarimizni unutib, nega yana qaytding? Ket ko’zilarimga ko’rinma endi, ket!”. "-Kechir iltimos, esingdami orzularimiz? Eslagin? Qara, bizni qanday yorqin kelajak kutmoqda.Hammasi yaxshi bo’ladi”."-Yo’q! Bo’lmaydi, hechqachon, endi kech, barchasini o’zing tugatding. Baxtli bo’lishimiz mumkin edi, agar sen yuragimni chil-chil qilmaganingda, orzularimni o’z yolg’onlaringga almashmaganingda. Endi esa ket, senga hayotimda o’rin yo’q”…


Muhabbat

Яндекс.Метрика