У нас есть только
оригинальные песни

OSHIQNING YURAK SO'ZLARI

calendar 25.10.2012
6273

OSHIQNING YURAK SO'ZLARI...

Yana bu yulduzli tun uzra shirin hayollarga berilaman.Nigohlarimga sening chiroyli
qarashlaringni berkitganman.Shuning uchunmi qayerga qaramay seni ko'raveraman.Hamma chiroyli narsalarda sen borga o'xshaysan.Tushlarimni ham sen band etgansan. Men seni sevaman.Shu so'zni sengaaytmoq uchun ming bor mashq
etaman. Ammo baribir ayta olmayapman.Bugun ham aytmoqqa necha bor yuzlandim.Yoningga boraman-u endi shaylanganimda yuragim titrab tillarim aylanmay qoladi. Tavba?Bu nimaning sehri ekan? Menimcha hammasi muhabbatning qudrati. Axir
yuragimda sen borsan-ku! Asli meni sendagi qaysi joziba maftun
etganini bilmayman. Ehtimol yonib turgan jayron ko'zlaringdir. Ehtimol chiroyli kulgularingdir.Ehtimol yuzlaringga naqsh solgan hayo chizgilaridir. Xullas sendagi
jam'iy borliq meni asir aylagan.Yuragimga quloq tutaman.
Betinim seni ismingni takrorlab urayotgan yuragimda muhabbatning navosi jarang
sochmoqda. Seni birgina ismingni aytmoq meni bir kun
yaxshi yashashim darmondir.Shu ismingni takrorlab tursam yashnayotgan yuragim yana ming yil yashaydigandek tuyuladi. Agar rostdan ham ming yil
yashaganimda edi, shu yillar davomida ham ismingni aytishdan charchamas edim. Axir yuragimda sen borsan-ku!Oromimni o'g'irlagan chiroyli
gulim. Yolvorib qodir xudoga senga erishmoqni so'radim. Qo'l tegmagan gulsan mening dil chorbog'imda. Ko'zlarim har tirik mavjudlikdan seni izlaydi. Sensiz
bir onimni ham tasavvur eta olmayman. Hayollarimni band
etgan gul yuzli dildorim.Orzularim ham senga band etilgan. Ular haqida o'ylasam yuragim entikadi. Seni haqingdagi o'ylarimga erisharmikinman? Muhabbat o'rtamizda ishqning eng yoqimli navosini kuylarmikin? Bu sevgi
deganlari yuraklarga yoqimli hislarni soladi. O'z go'zalligini yurakga ochib beixtiyor uni o'z makoniga yetaklaydi.Bu makonda armon yo'q,dard yo'q,
hijron yo'q, mahzunlik yo'q. Bu makonda faqat go'zallik va visol hukmron. Har bir mavjudligi kamalak rangida.Shabnam misoli
tiniq va pokiza. Shu makonda bir
umr sen bilan hukmronlik etmoqlik mening orzuyimdir...

Яндекс.Метрика