У нас есть только
оригинальные песни

Osiyo infrazutilmaviy investitsiyalar banki faqatgina AQSh dollarida kredit beradi

calendar 17.01.2016
1069

Osiyo infrazutilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) turli valyutalardagi kapitallarni qabul qilib olishi mumkin, biroq faqatgina AQSh dollarida kredit beradi, deya ma'lum qildi bank prezidenti Szin Litsyun yakshanba, 17 yanvar kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumani chog'ida.

“Ko'p tomonli taraqqiyot instituti ekanimiz va xalqaro moliya tizimlari mavjudligini hisobga olgan holda biz ishchi tili o'rnida ingliz tilidan, institut valyutasi sifatida esa Amerika dollaridan foydalanamiz. Shu bilan birga, xalqaro bozordan kapitalni jalb qilish maqsadida Amerika dollari, evro, yuan va boshqa valyutalarni ham olishga yo'l qo'yamiz”, - deya ma'lum qildi Szin Litsyun.

“Biz faqat Amerika dollarida kredit beramiz”, - qayd etdi bank prezidenti boshqa valyutalarda kreditlash imkoniyatlari to'g'risidagi savolga javob berar ekan.

Eslatib o'tamiz, 2015 yilning 29 iyun kuni Xitoy poytaxtida 57 ta mamlakat vakillari ishtirokida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankini tashkil etish to'g'risidagi bitim imzolangan edi. Bankning nizom kapitali 100 milliard AQSh dollarini tashkil etib, Xitoy, Hindiston va Rossiya ushbu moliyaviy muassasaning asosiy muassislari hisoblanadi.

Bankka a'zo bo'lganlar orasida Buyuk Britaniya, Indoneziya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Vetnam kabi mamlakatlar qatorida O'zbekiston ham bor.

Яндекс.Метрика