У нас есть только
оригинальные песни

Osiyo millionerlar soni bo'yicha Shimoliy Amerika va Еvropadan o'zib ketdi

calendar 24.06.2016
2318

Osiyolik millionerlar soni Shimoliy Amerika, Еvropa va dunyoning boshqa mintaqalaridagi millionerlar sonidan o'zib ketdi. Bu haqida Capgemini moliyaviy firmasining World Wealth Report bayonotidama'lum qilindi. 

O'tgan yili Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi badavlat kishilar soni  9,4 foiz - 5,1 million kishiga o'sgan (Shimoliy Amerikada - 2 foiz - 4,8 milliongacha). Bunda osiyolik millionerlarning moliyaviy holati 9,9 foiz - 17,4 trillion dollarga oshgan (taqqoslash uchun Shimoliy Amerika ishbilarmonlarining moliyaviy holati 16,6 trillion dollar). 

Agar alohida mamlakatlarga to'xtaladigan bo'lsak, bu erda avvalgidek AQSh sezilarli farq bilan etakchilik qilmoqda. O'tgan yili millionerlar soni 2 foizga oshgan va 4,46 million kishini tashkil qilgan. Qo'shma Shtatlardan keyingi o'rinda Yaponiya (2,7 million millioner), Germaniya (1,2 million millioner) va Xitoy (1 million millioner) qayd etilgan. Butun dunyo millionerlarining 61 foizi yuqoridagi to'rt davlat ulushiga to'g'ri keladi.

Яндекс.Метрика