У нас есть только
оригинальные песни

Osiyo o'yinlari. Hasanboy Do'smatov ilk jangda g'alaba qozondi

calendar 27.08.2018
856

Bugun, 27 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o'yinlari davom ettirilmoqda.

O'zbekiston boks terma jamoasi a`zosi, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov ham bugun bahslarga qo'shildi. U -49 kg vazn toifasida 1/16 final bosqichida laoslik Kamsaton Kampuvanga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 (29:28, 30:25, 30:25, 29:28, 30:28) hisobida g'alaba qozonib, nimchorak finalga yo'l oldi.

Kun davomida O'zbekiston boks jamoasining yana 3 vakili 1/16 final bosqichi janglarini o'tkazishadi.

-64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorovning dastlabki raqibi iordaniyalik Alkasbi Obada bo'ladi. - 56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov iordaniyalik Alvadi Muhammad bilan kuch sinashadi.

Toshkent vaqti bilan soat 19:45da -75 kg vazn toifasidagi Isroil Madrimov mo'g'ulistonlik Davasuren Davanyamga qarshi ringga ko'tariladi.

Яндекс.Метрика