Meksikalik rejissyor Gilermo del Toroning “Suv shakli” filmi 2018 yilgi “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi filmi” yo'nalishida g'olib bo'ldi.
Film nogiron ayol va maxfiy laboratoriyada hosil qilingan mahluq-amfibiyaning muhabbati haqidagi film bo'lib, undagi voqealar 1960-yillarda kechadi.
Film 13 ta yo'nalish bo'yicha sovrin olishga da`vogarlik qildi va bu borada qolgan filmlar o'rtasida yetakchi bo'ldi. Film bosh sovrindan tashqari, rejissura, original saundtrek va rassom-postanovkachilar ishi uchun ”Oskar”lar bilan taqdirlandi
G'olib nomini o'tgan yildagidek kabi Fey Danauey va Uorren Bitti e`lon qildilar. Bu safar hammasi ko'ngildagidek o'tdi. O'tgan yil ularga noto'g'ri konvert berilib, ular g'olib “Oy shu`lasi” filmi o'rniga “La-La-Lend” filmini g'olib sifatida e`lon qilishgandi.
Bosh sovringa, shuningdek, “Nari ket”, “Byord xonim", “Ko'rinmas rishta”, “Qorong'i davrlar”, “Ebbing chegarasida uch bilbord”, “Meni o'z isming bila ata”, “Dyunkerk" va "Maxfiy ish" filmlari da`vogarlik qilgandi.
Barcha sovrinlar quyidagicha taqsimlandi:
Eng yaxshi film – “Suv shakli”
Eng yaxshi rejissyor – Gilermo del Toro (“Suv shakli”).
Eng yaxshi aktyor – Geri Oldmen (“Qorong'i davrlar”).
Eng yaxshi aktrisa – Frensis Makdormand (“Ebbing chegarasidagi uch bilbord”).
Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak rol ijrochisi – Sem Rokuell (“Ebbing chegarasidagi uch bilbord”).
Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol rol ijrochisi – Ellison Jyenni (“Tonya barchaga qarshi”).
Eng yaxshi operatorlik ishi – Rojyer Dikins (“Tig' bo'ylab yuguruvchi 2049”).
Eng yaxshi rassom-postanovkachi ishi – “Suv shakli”.
Eng yaxshi qo'shiq – Remember me qo'shig'i (“Koko siri”).
Eng yaxshi saundtrek – “Suv shakli”.
Eng yaxshi original ssenariy – “Nari ket”.
Eng yaxshi adaptatsiyalangan ssenariy – “Meni o'z isming bilan ata”.
Eng yaxshi qisqa metrajli film – “Soqov farzand”.
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film – “Jannat – bu 405-shossedagi tirbandlik“.
Eng yaxshi animatsion film – “Koko siri”.
Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film – “Qadrdon basketbolchi”.
Xorijiy tildagi eng yaxshi film – “Fantastik ayol” (Chili).
Eng yaxshi hujjatli film – “Ikar”.
Eng yaxshi vizual effektlar – “Tig' bo'ylab yuguruvchi 2049”.
Eng yaxshi montaj – “Dyunkerk”.
Eng yaxshi ovoz – “Dyunkerk”.
Eng yaxshi ovoz montaji – “Dyunkerk”.
Eng yaxshi kostyumlar dizayni – “Ko'rinmas rishta”.
Eng yaxshi grim va soch turmagi – “Qorong'i davrlar”.