У нас есть только
оригинальные песни

Oskar bilan bog'liq janjal tufayli AQSh kinoakademiyasi tarkibi o'zgaradi

calendar 19.01.2016
1206

Oskar bilan bog'liq janjal tufayli AQSh kinoakademiyasi tarkibi o'zgaradi. Bu haqda kinoakademiyasi prezidenti Sheril Bun Ayzeks aytib o'tdi, deb xabar beradi NBCNightlyNews nashri Twitter’dagi mikroblogi orqali.

Ilgariroq bir qancha mashhur shaxslar Oskar mukofoti topshirilishining bu yilgi marosimiga boykot e'lon qilish niyatini bildirdi, negaki nomzodlar orasida afroamerikaliklar yo'q edi. Bu haqda aktrisa, Uill Smitning rafiqasi Jada Pinkett-Smit hamda rejissyor Spayk Li bayonot berishdi.

Ayzeks bu yilgi nomzodlar ajoyib ishlaganini ta'kidlab o'tib, shu bilan birga, katta o'zgarishlar payt kelganligini tan oldi. Uning so'zlariga qaraganda, kinoakademiya tarkibini o'zgartirib, xilma-xillik joriy etish uchun radikal choralar ko'riladi.

Яндекс.Метрика