Ota o'g'li bilan 40 yil yakka holda o'rmonda yashagandan keyin odamlar orasiga qaytdi

Vetnamning Kuangngay viloyatidagi o'rmonlarda Vetnam urushi (1956-1975) vaqtlaridayoq AQShning bombardimonlaridan jungliga qochgan ota va o'g'il bu erlarda yakka holda 40 yildan ko'proq yashadi. 

"Zan Vet"portalining ma'lum qilishicha, hozirda ota-o'g'il zamonaviy hayotga moslashish  davridan o'tmoqdalar. Ular bunday hayotni yovvoyi tabiat sharoitlarida butkul unutib qo'yganlar. 

Google image
Google image

Ota-o'g'ilning iziga birinchi bo'lib ularni junglida topa olgan qarindoshi chiqdi va ularni zamonaviy hayotga qaytishga ko'ndirdi. Qochqinlar ancha vaqt pastga tushishdan bosh tortishdi, biroq 80 yoshdan oshgan otaga tibbiy yordam zarur bo'lib qoldi. Shundan keyin ular yaqin oradagi qishloqlardan biriga ko'chib o'tishga rozi bo'lishdi.

Vaqt o'tib ota va o'g'il tarixi bilan Vetnamda ishlovchi xorijiy tadbirkorlar qiziqib qolishdi. Ular orasida sayyoramizning eng olis burchaklariga ekzotik safarlarni tashkillashtirishga ixtisoslashgan, bosh qarorgohi Gonkongda joylashgan Docastaway sayyohlik kompaniyasi direktori Alvaro Serezo ham bor edi. Aynan u sababli jamoatchilik ota va o'g'il haqida xabar topishdi.

"Tarzan"lar bilan o'zaro ishonchli suhbat o'rnatilgandan keyin ular o'zlari va hayotlari haqida so'zlab berishdi. Ota – Xo Van Txan mamlakatning xorijiy okkupatsiyadan mustaqilligi uchun kurash davrida kommunistlar tomonida jang qilgan, biroq 1972 yilda kichik yoshli o'g'li Xo Van Lang bilan AQSh harbiy-havo kuchlarining dahshatli bombardimoniga tushib qolib, o'rmonga qochgan. Ularning qishlog'i to'liq vayron bo'lgan, ularning deyarli barcha yaqinlari halok bo'lgan. Ota va o'g'il muntazam ravishda AQSh aviatsiyasi uchun nishon bo'lgan aholi punktlaridan uzoqroq yurishga qaror qilishgan.

"Yaqinda odamlar paydo bo'lganda ham biz ular bilan uchrashmaslikka harakat qilardik va o'rmonga ichkariroq kirib ketardik", deb eslamoqda ota. Yaqin kunlargacha u urush davom etayotganiga ishonchi komil bo'lgan va shuning uchun darbadar hayot kechirgan.

"Ular junglilarda yashash davrida u erdagi hayotga hayratlanarli tarzda yaxshi moslashib olishgan. Bu yigitlar o'rmonda topish mumkin bo'lgan barcha narsa: o't va giyohlar, mevalar, asal va hayvonlar go'shtlari bilan oziqalanib yurishgan. Eng hayratlanarlisi – ular yovvoyi tabiatda o'zlarining qorinlarini to'yg'aza olish malakalari", deb aytdi qochqinlar bilan aloqa qo'llab-quvvatlovchi Serezo jurnalistlarga bergan intervyusida. Uning aytishicha, ota-bola o'rmondagi maymun, kalamush, ilon, qurbaqa, baliq va hattoki ko'rshapalaklarni ham epchillik bilan tutib, nimtalab, iste'mol qila olishgan.

"Ayniqsa o'g'il bilan gaplashish qiziqarli. U o'zini yosh boladek tutadi, vaqt haqida umuman tushunchaga ega emas, unga faqatgina kun va tungina mavjud, u kunning boshqa belgilarini bilmaydi", deb aytmoqda tadbirkor. Sayyohlik firmasi rahbari "Kichik Xo" hali ham elektr nimaligini, uning mamlakatida va dunyoda nimalar yuz berayotganidan bexabar ekanligini aytdi.

40 yil ichida darbadarlar deyarli hech qachon sog'liqlaridan shikoyat qilmaganlar. "Ba'zida oshqozonimiz og'rirdi", deb tan olmoqda qariya. Ularning salomatligi bilan muammolar qishloqqa ko'chib o'tganlaridan keyin boshlangan – uzoq vaqt yakka hayot kechirgan ota-bolada bir qator kasalliklarga immunitet bo'lmagan.

Ayni vaqtda yoshi 50 ga yaqinlashib qolgan o'g'il zamonaviy hayotga biroz moschlasha oldi. U kichkinagina erda dehqonchilik qilib, uylanishni rejalashtirmoqda.

 


Комментарии (1) | Добавить: 09.07.2016
1. ziyouzpro (09.07.2016 18:42)
qoyil qolish kerak
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Xayr, maktabim! Mashhur yulduzlar maktab davrida qanday bo'lishgan?
Sankt-Peterburgda “rus Titanigi” haqida film suratga olinadi
AQSh uchinchi davlatlarga “bostirib kirishni” BMT orqali qonuniylashtirish niyatida
Durov: Telegram’ning to'sib qo'yilishi terrorchilarga muammo keltirib chiqarmaydi
Farhon va Shirin ijrosida yangi qo'shiq "Gulim Mani"
O'zbekistonda Ramazon hayiti namozi ado etildi
BAA prezidenti 2014 yildan beri birinchi marta omma oldida ko'rinish berdi
Rossiyada ishlashni istovchilar Toshkentda pullik imtihon topshirishlari mumkin
Zarina Nizomiddinovadan yangi Fotosessiya - 2017
Uzoq masofadan o'q uzish bo'yicha rekord yangilandi
Olimlar tavsiyasi: "Yozda vitaminlar iste`molida ehtiyot bo'ling"
Samsung tarixidagi eng qimmat flagman taqdimotiga oz qoldi
Jenifer Lopez katta ekranlarga qaytmoqda
Sobiq er yuzlab odamlar oldida xotinini chavaqlab tashladi
Google'da bo'sh ish o'rinlarini izlash funksiyasi ishga tushdi
Farg‘ona viloyatida ayol erini yog‘och bo‘lagi bilan o‘ldirib qo‘ydi
Messi «Barselona» akademiyasida to'p tepib yurgan paytlar (video)
Putin va Tramp musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutlashdi
Erdo'g'an Hayit namozi vaqtida hushidan ketdi
Jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi 30 yoshga qadam qo‘ydi
Qarilikdagi aqli zaiflik xavfini kamaytirishning 6 usuli
Smartfonlar sinovi: Mikroto'lqinli pechdan qaysi smartfon omon chiqdi?
«O'zbekkonsert» xonandalarning Youtube’dagi bachkana kliplarini oldirmoqda
Qozog‘iston mobil internet tezligi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi
Jek Ma: 30 yildan so‘ng odamlar kuniga 4 soatdan ishlaydi
Ronaldu qaysi jamoaga o'tmoqchi ekanini ma`lum qildi
Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Obid Asomov televideniyeda efirga chiqadi
Nima uchun ishdagi jismoniy harakatlar sport mashg‘ulotlarining o‘rnini bosa olmaydi?
Og‘izdagi sarimsoq hidini qanday yo‘qotish mumkin?
Poliz zararkunandalaridan qanday saqlanish kerak? 3 ta sinalgan usul