У нас есть только
оригинальные песни

OTA-ONANG SENGA FAQAT DO'ST BO'LAR!

calendar 24.04.2016
1415

Onasizlik dardin onasiz bilar,
Otasizlik dardin otasiz bilar, 
Ey farzand asragin shular ikkisin, 
Ota-onang senga faqat do'st bo'lar!

Onajonim sizga rahmat deb turgin, 
Otajonim sizga rahmat deb turgin, 
Doim duolarin sen olib yurgin, 
Ota-onang senga faqat do'st bo'lar! 


Kim sababli shu kunlarga yetding sen, 
Kim sababli sinovlardan o'tding sen, 
Ular qolib kimning qo'lin tutding sen, 
Ota-onang faqat senga do'st bo'lar! 


Omading kelganda qo'l berganlarga, 
Ishing yurishganda yo'l berganlarga, 
Ishonma omonat dil berganlarga, 
Ota-onang faqat senga do'st bo'lar! 


Har kimni do'st bilib siringni aytma, 
Katta yo'lga chiqding ortingga qaytma, 
Fursat g'animatdir bilgin bu paytda, 
Ota-onang faqat senga do'st bo'lar!

 
Yolg'on va'dalarga uchma do'stginam,
Juda ko'p aldandi Ahad Qayum ham, 
Ikki inson bordir sirdosh har bir dam, 
Ota-onang faqat senga do'st bo'lar!

Onasizlik dardin onasiz bilar,
Otasizlik dardin otasiz bilar, 
Ey farzand asragin shular ikkisin, 
Ota-onang senga faqat do'st bo'lar!

Ahad Qayum

 

Яндекс.Метрика