У нас есть только
оригинальные песни

Ota rozi hudo rozi!

calendar 18.10.2011
2444

 

Universitetda o'qib yurgan kezlarimda,bir bolani mani kuzatib,man xaqimda so'rashtirib yurganini bilib qoldim.Hamma yog'da shu gap Araylim sani kuzatib yurishibdi deb xamma o'rtog'larim aytishardi.Men esa kuzatib yurgan insonni kimligini va nima maqsadda kuzatib yurganini bilishni xoxlardim.O'sha bolani kimligini bilganimdan keyin yoniga borib nega meni kuzatib yuribsan deb so'radim.U esa xech yashirmay men seni yoqtirib qoldim,sen chiroyli aqilli qizsan seni baxtli qilmoqchiman dedi.Men turgan joyimda bu gaplarni eshitib dovdirab qoldim.Bu go'yoki shirin tush edi.Oradan 2 yil o'tdi sevgi tariximiz hamon davom etardi,bir birimizni qattiq sevardik xechcham bir birimizdan ayrilgimiz kelmaydi.O'qishni tugatib ikkalamiz o'z uylarimizga qaytdik.U uyimga sovchi yuborishini,mani tuy qilib uyiga olib ketishini aytdi.Uyga kelsam uydigilarim meni boshqa yigitga dadamni yaqin o'rtog'ini o'g'liga unashtirib qo'yishibdi.Bu gaplarni eshitib nima qilarimni bimay qoldim.Farxod va'dasida turib uyimga sovchi yubordi.Men onamga sevganim borligini va ikki dunyoda ham boshqasiga turmushga chiqmasligimmi aytdim.Onam bu gaplarni otamga aytsala otam men va'da berganman va'damdan qaytmayman tuy bo'ladi debdila.Farxodni sovchilariga ham shu gaplarni aytib yuq deb javob bervorishdi.Sevgilimni mendan meni sevgilimdan ayrilib qolish niyatimiz yuq,axtlashib qo'yganmiz.Farxod kelib dadam bilan gaplshdi afsuski dadam rozi bo'lmadila.Butun dunyo ko'zimizga tor ko'rindi.Dadamni bir og'iz bo'lsa mendan so'ramay qaror qilishga meni xayotimni xal qilishga xaqlari yo'q edi.Farxod bilan qochib ketdik,gunoh qildik.Keyin to'yimiz bo'ldi.To'yimiz kuni 2 marta biz ketayotgan moshina to'qnashib ketdi.Nimadur qarshilik qilardi,lekin men bilolmadim nimaligini.To'yim kuni dadam bir daqiqaga kelib ketdila.

Men baxtli edim judayam sevganim yonimda.Shunaqa baxtli edimki xatto tuymasdim baxtimdan.2 oydan keyin farzandli bo'lishimni eshitib Farxod shunaqa xursand bo'ldiki xatti yig'lab yubordi.1 xaftadan keyin Farxod avariyaga uchrab bu dunyoni tark etdi.

Men yolg'iz qoldim zor yig'lab.Ota uyimga qaytib bordim.Dadamni ko'ziga qarolmadim.otamni norozi qilib sevganimga tegdim baxtli bo'lolmadim.Ushanda otam aytgan insonga tegsam baxtli yasharmidim balki,sevgilim ham bu dunyoda bo'lardi xech bo'lmasa uzoqdan bo'lsa xam un ko'rib turarmidim.Endi uni umuman ko'rmayman.Qancha afsus cheksam ham befoyda.

Hozir qizim bor 3 yoshda o'qigan universitetimda ishlayapman endi faqat qizimmi kamoli uchun yashayman.Menga o'zshab xech qachon ota onayizni norozi qilimang.


Lauren_Ewans

Яндекс.Метрика