У нас есть только
оригинальные песни

Otabek Xolmatov 7 soniya qolganda nokautga uchradi

calendar 03.03.2024
31

AQSHning Nyu-York shtatida O‘zbekiston vaqti bilan 3-mart, yakshanba tongida katta professional boks turniri o‘tkazildi.

Ushbu boks kechasi doirasida yarim yengil vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Otabek Xolmatov WBA chempionlik kamari uchun Raymond Fordga qarshi jang qildi. 12 raundga mo‘ljallangan jangning so‘nggi raundiga 7 soniya vaqt qolganda jang to‘xtatildi. 

Jangning dastlabki raundlarda Otabek Xolmatov ustunlikni qo‘liga olib, yaxshi harakat qilgan bo‘lsa-da, ikkinchi qismda sustlashdi. Amerikalik bokschi ochiq jangni taklif qilgach, hamyurtimiz himoyalanishga qiynaldi va ko‘plab zarbalarni qabul qilib oldi.

12-raundda muvozanatni yo‘qotgach, hakam texnik nokautni qayd etdi. 

Qayd etib o‘tish joiz, 11-raundga qadar jang hakamlari Otabek foydasiga 106:103, 104:105 va 106:103 hisoblarini qayd etgan. So‘nggi raundda esa hisob 9:10 bo‘lgan va umumiy ochkolar evaziga g‘alaba qozonishi mumkin edi.
Shu tariqa Otabek faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatni tan oldi. Raymond Ford esa yarim yengil vazn toifasining WBA kamarini qo‘lga kiritdi.
 

Яндекс.Метрика