У нас есть только
оригинальные песни

OTAJON, SOG'INDIM SIZNI YOMONAM...

calendar 04.09.2016
5387

Islom Karimovga atalgan.

OTAJON, SOG'INDIM SIZNI YOMONAM

 

Otajon, sog'indim sizni yomonam, 
Har kun tushlarimda suhbat qilaman. 
Yolg'izlik qiynaydi hamma tomondan, 
Endi vaqt ortiga qaytmas bilaman.

 
Otajon, sog'indim sizni yomonam, 
Do'stlarim ko'zimga qarab aldaydi. 
Xasadlar, g'iybatlar o'tsa jonimdan, 
Jonim og'riyverar, yurak yig'laydi. 


Otajon, sog'indim sizni yomonam,
Shu kunlarda g'amdan siqilib ketdim. 
Go'yo yashayapman kulib yolg'ondan, 
Bugun armon bo'ldi kechagi baxtim.

 
Otajon, sog'indim sizni yomonam.
Yig'layman, otasi borlarni ko'rsam. 
Qaniydi yonimda bo'lsaydiz bir zum, 
Mahkam, qattiq-qattiq quchoqlab olsam.

 
Otajon, sog'indim sizni yomonam, 
Shirin xotiralar ichra yashayman.
Sizsiz men ba'zida katta bog' ichra, 
Yolg'iz bir daraxtga goho o'xshayman.

 
Otajon, sog'indim sizni yomonam,
Tinch yoting, mendan hech olmang Xavotir. 
Siz bergan tarbiya bilan armonsiz, 
Yashayapman qarang mana ming shukr.

Ahadning dardini hech kim tushunmas,
Ovozimda ingrar mungli taronam. 
Kimgadir gapirsam balki ishonmas, 
Otajon, sog'indim sizni yomonam.

 

Ahad Qayum

Яндекс.Метрика