У нас есть только
оригинальные песни

“Oyqiz ertagi” – o'zbek kinosining eng qimmat tarixiy blokbasteriga aylandi

calendar 09.05.2016
1937

Akbar Bekturdiev rejissyorligida suratga olingan  «Oyqiz ertagi» filmining treyliri chiqqanidayoq ko'pchilikda kartinani ko'rishga bo'lgan ishtiyoq ortgan edi. 

«Oyqiz ertagi»da bosh rollarni ijro etgan Yigitali Mamajonov  va Yulduz Rajabova filmda o'zlarining bor mahoratlarini ishga solishgan. Shu o'rinda Yigitali Mamamjonov jang sahnalarini kaskadyorsiz o'zi bajarganini, Yulduz Rajabova ham bu film uchun ancha jonbozlik ko'rsatganini suhbatlardan birida rejissyor aytib o'tgan edi.

Film Xorazm viloyati, ichkari cho'l hamda Ichanqal'ada, shuningdek, Toshkent viloyatining so'lim joylarida suratga olingan. Bundan tashqari film uchun O'zbekfilm pavilonida 9 ta maxsus dekoratsiya ham qurilgan.
Film uchun “O'zbekkino” milliy agentligi tomonidan ajratilgan mablag' ham ancha shov-shuvlarga sabab bo'ldi. “Oyqiz ertagi” filmi uchun “O'zbekkino” milliy agentligi tomonidan 1 mlrd 600 mln so'm mablag' sarflangan. 

“Oyqiz ertagi” filmi 2014 yildan buyon suratga olinmoqda. “Baron” filmining rejissyori Rustam Sa'diev o'zining Facebook’dagi sahifasida “Oyqiz ertagi” filmining video lavhasini joylashtirib “O'zbek kinosida yangi davr boshlanyapti”, deya qoldirgan izohi ham ko'pchilikning qiziqishini orttirgan edi.

Яндекс.Метрика