loading...

 

Ozarbayjon neft platformasidagi yong'in qurbonlari soni 8 nafarga etd

                       

Qutqaruvchilar Kaspiy dengizining turkman sektoridan neftchilardan birining jasadini topishdi. Bu bilan Ozarbayjonning “Gyuneshli” neft platformasida kelib chiqqan yong'in qurbonlari soni sakkiz nafarga etdi, deya xabar bermoqda Ozarbayjon FVV matbuot xizmati.

"Berkar" kemasida Turkmaniston qirg'og'idan 60 kilometr masofada olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida erkak kishining jasadi aniqlandi... uning jasadi turkmanlarning "BAYAN" kemasi bortiga ko'tarib olinganidan so'ng Turkmanboshi portiga etkazildi”, - deyiladi xabarda.

Mahkamaning aniqlik kiritishicha, halok bo'lgan shaxs Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi ishchisi Iman Gasimov bo'lib chiqdi.

Eslatib o'tamiz, 2015 yilning 5 dekabr kuni Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasiga tegishli neft platformasida yong'in ro'y bergan edi. Oqibatida eng kamida 30 kishi halok bo'lgan, 33 kishining hayoti qutqarib qolingan bo'lsa, 22 kishi bedarak yo'qolgan, deb e'lon qilingan.

Ma'lumotlarga ko'ra, yong'in bo'ronli ob-havo sharoitida gaz liniyasining ishdan chiqishi oqibatida yuzaga kelgan. Bundan tashqari, olov platformadagi neft va gaz quduqlariga o'tgan bo'lishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.


Комментарии (0) | Добавить: 27.12.2015

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Afsonaning qaytishi - Nokia 3310
Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Shakardan voz kechish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi
Barcha davrlarning 8 ta eng ommabop mobil telefonlari
Gollivud yulduzlari “Oskar” mukofotini topshirish marosimini repetitsiya qildi
O'zbekiston va Xitoy o'rtasida temir yo'l orqali yuk tashish yo'lga qo'yildi
"EZOZ" guruhidan yangi tarona "Yomg'ir yog'ar"
Erta turish uchun 10 sabab va buni amalga oshirishning yo'llari
Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi
Olimlar to'yib uxlamaslik semirishga olib kelishini aniqlashdi
Barak Obama Fransiya prezidentligiga nomzod qilib ko`rsatilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Qarshida militsionerning xonadonida mehmon bo‘ldi
Microsoft asoschisi Bill Geytsning biz bilmagan qirralari
Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi
Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik lozim bo`lgan 6 narsa
2020 yilgacha Yevropa Ittifoqiga birorta davlat qo'shilmaydi
“Farg‘onaazot”da portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Yangilangan “g'isht” Nokia’ning o'ziga xos jihatlari oshkor bo'ldi
Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi