У нас есть только
оригинальные песни

Ozarbayjon va O'zbekiston energotexnologiyalarni tatbiq qiluvchi qo'shma korxona tashkil etadi

calendar 25.12.2015
853

                                               

Ozarbayjonning SOCAR davlat neft kompaniyasi va O'zbekistonning “O'zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi O'zbekistonning neft-gaz sohasiga energotexnologiyalarni tatbiq qilishga mo'ljallangan qo'shma korxonaga asos solmoqchi.

Ma'lum qilinishicha, tomonlar teng huquqli asosda qo'shma korxona yaratish haqida memorandum imzolashdi. SOCAR bu loyihani amalga oshirish uchun zaruriy jihozlar va texnologiyalarga ega. Kompaniya energiyani tejash va energiyaning muqobil manbalari sohasiga eng yangi ishlanma va texnologiyalarni tatbiq qilish bilan shug'ullanadi.

Yangi korxonaning birinchi navbatdagi vazifasi “O'zbekneftegaz” korxonalarida kompleks energiya auditini o'tkazish bo'ladi. Qo'shma korxonani yaratish bo'yicha ta'sis 
hujjatlari 2016 yilning 1-yarmida imzolanishi mumkin.

“O'zbekneftegaz” 2030 yilgacha energiya tejovchi texnologiyalarni moliyalashtirish uchun 500 mln dollar yo'naltirishni rejalashtirmoqda. Bunda turli texnologiyalardan foydalanish ko'zda tutilgan. Bu texnologiyalarni qo'llashdagi energiya tejash salohiyati yiliga 2,5 mlrd kub metr tabiiy gaz atrofida baholangan.

Яндекс.Метрика