У нас есть только
оригинальные песни

Ozarbayjonda valyuta ayirboshlash punktlari yopib qo'yildi

calendar 14.01.2016
852

Ozarbayjon markaziy banki butun mamlakat bo'ylab valyuta ayirboshlash punktlarinining litsenziyalarini bekor qildi. Endilikda valyutani faqat bank ofislarida ayirboshlash mumkin, deb xabar beradi Trend.az nashri.

“Valyuta ayirboshlash operatsiyalari sonining oshib ketishi munosabati bilan Markaziy bank tijoriy banklarning operatsiyalarini samarali va tezkor nazorat qilish, operatsiyalar nazoratini kuchaytirish va xarajatlarni optimizatsiya qilish uchun ayirboshlash punktlarining faoliyatini chekladi va to'xtatdi”, - deyiladi moliyaviy regulyatorning rasmiy xabarnomasida.

Ayirboshlash punktlari faqat aeroportlar, mehmonxonalar va boshqa turistik joylarda saqlab qolinadi. Bu narsani “valyutani tezkor ayirboshlash ehtiyojlarini qondirish” zarurati bilan tushuntirdi.

Яндекс.Метрика