У нас есть только
оригинальные песни

Ozodbek Nazarbekov Farrux Zokirovning o‘rniga O‘zbekiston xalq artistlari klubiga rais etib saylandi

calendar 24.01.2018
1113

O‘zbekiston xalq artistlari klubi tashkil qilinib, unga  O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov rais etib tayinlangan edi. O‘zbekiston xalq artistlari klubining “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Ozodbek Nazarbekov klub raisligiga saylandi.

Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati: Bugun “Turkiston” san’at saroyida O‘zbekiston xalq artistlari klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida O‘zbekiston xalq artistlari klubining faoliyatini tubdan yaxshilash masalasida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda klub a’zolari tomonidan klub faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida, bir ovozdan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov klub raisi etib saylandi.

Яндекс.Метрика