Ozodbek Nazarbekov Islom Karimov bilan ilk muloqoti haqida: Yurtboshimiz bergan o‘sha savol har gal qulog‘im ostida jaranglagandek bo‘ladi

O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan ilk muloqoti tassurotlari haqida so‘zlab berdi.

Qilingan mehnatlar, ijod deya o‘tkazilgan bedor tunlar, chekilgan mashaqqatlar evaziga bu hayot millionlab insonlarni yaqinlarimga aylantirdi. Ijodkor uchun muxlislari bebaho boylik bo‘lsa, hukumat e’tibori va e’tirofi qo‘shaloq baxtdir.

Bundan o‘n yil muqaddam Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabuliga kirishga muyassar bo‘ldim. Yuragimda qandaydir shirin hayajon hukmron edi. Eshitajak har bir so‘zim xotiramda bir umrga muhrlanib qolishiga ishonardim.

Yurtboshimiz menga biroz ma’noli nigoh bilan tikilib turdilar-da, o‘ychan qiyofada bunday savol berdilar:

– Ozodbek, sen yaxshi san’atkorsan. Menga bir narsa qiziq, har gal sahnada qo‘shiq kuylaganingda, muxlislaring bilan ko‘rishganingda ularning ko‘zlarida nimalarni ko‘rasan?

Bir muddat jim qoldim. Bu, bir qarashda oddiy tuyulsa-da, o‘ta teran va o‘tkir ma’noli savol edi. O‘shanda savolga bir amallab javob bergan bo‘lsam-da, bu haqda keyinchalik chuqurroq mushohada qildim. Avvallari muxlislar bilan unchalik yaqin aloqada bo‘lolmaganim, balki ularning salobati bosib, ko‘zlarida aks etgan ma’nolarni boricha ilg‘ay olmaganimni anglab yetdim. Savolga to‘kis javob izlash asnosida muxlislar bilan yanada yaqinroq bo‘lish, ularning chin sirdoshiga aylanishga urindim. Ularning ko‘zlarida ertangi kunim, nimalarga ulgurdimu yana nimalar qilishim lozimligi, aslida qanday ijod qilish kerakligini ko‘ra boshladim. Bu nigohlar meni birdaniga ulg‘aytirib qo‘ygandek, har mahal to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi shamchiroqlardek edi.

Chindan ham, oradan bir necha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, har gal muxlislar bilan yuzma-yuz bo‘lganimda beixtiyor Yurtboshimiz bergan o‘sha savol qulog‘im ostida jaranglagandek bo‘ladi. Muxlislar nigohi va o‘sha savol menga tog‘dek kuch bag‘ishlab, olg‘a yurishga, ona Vatanga butun vujudim bilan xizmat qilishga, yurtimiz madhini balandroq pardalarda, kattaroq sahnalarda – butun dunyoga tarannum etishga undayveradi.

Ozodbеk Nazarbеkov, O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq artisti


Комментарии (0) | Добавить: 07.06.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kommunal to'lovlar bo'yicha kimlarga imtiyozlar beriladi?
Jahon chempioni ​Murod Xonto'raev qo'lga olindi
Dunyodagi eng yaxshi zarba beruvchi qiruvchi ma'lum qilindi
Tramp dunyo mamlakatlarini bojlardan voz kechishga chaqirdi
“Mallasoch Sonya” filmida o‘ynagan daniyalik aktrisa 54 yoshida beshinchi marta ona bo‘ldi
Turkiya saylov komissiyasi Erdo‘g‘onning prezident saylovidagi g‘alabasini e’lon qildi
JCh—2018. Urugvay—Rossiya, Eron—Portugaliya, Ispaniya—Marokash. Bugungi o‘yinlar anonsi
Ucelldan yangi “Active” tarif rejalari tizimi!
Hukumat jismoniy shaxslar O‘zbekistonga bir oyda bir marta olib kira oladigan texnikalar ro‘yxatini tasdiqladi
Toshkentda patrul xizmati avtomobillarining tashqi ko‘rinishi o‘zgarmoqda
Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirishda qanday hujjatlar talab qilinadi?
Samsung Galaxy Note 9 flagmanining yangi suratlari paydo bo‘ldi
Yangi Zelandiya bosh vaziri o‘z lavozimida turib farzandini dunyoga keltirgan ilk hukumat rahbari bo‘ldi
JCh—2018. Messi va uning Argentinasi Xorvatiya tomonidan tor-mor etildi
Yosh ijodkorlar "Koinot" guruxidan tez kunda yangi tarona Premyerasi! Bizda!
Intel rahbari “ishdagi ishq” sababli o'z lavozimini tark etdi
Prezident videoselektorida investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari tahlil qilindi.
«Instagram» foydalanuvchilari soni milliardga yetdi
Samsung Galaxy S10 ning ilk “jonli” surati tarqaldi. Unda umuman rom yo‘q
O‘zbekistonda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlaridan so‘ng “Obod maktab” loyihasi ishlab chiqiladi
Avvallari faqat orzu qilinishi mumkin bo'lgan g'aroyib texnik yangiliklar
O'qituvchini majburlab ishlatishga «xumori qo'ziydigan» rahbarlarga chora ko'riladi, maktablar hokimlikka bo'ysunmaydi - Prezident topshirig
“O'rikzor” bozori yonidagi elektr temir ustuni nima sababdan qulagani aytildi
Kim yirik soliq to'lovchi hisoblanadi?
GM Uzbekistan avtomobillari videoregistrator va ERA-GLONASS tizimi bilan jihozlanadi
Samarqandda xotini tomonidan kaltaklangan er ichki ishlar idorasiga qo‘ng‘iroq qildi
Pokistonda erkak unga turmushga chiqishdan bosh tortgan qizni otib o‘ldirdi
O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida aviaqatnovlar keskin ko'payadi
Yevropa AQSh bojlariga javob qaytardi
Neymar «Real»ga o'tishga ikkilanmoqda