«Yoshlar» teleradiokanaliga Madamin Safarov direktor etib tayinlandi.
Madamin Safarov bungacha «Toshkent» telekanali direktori sifatida ishlagan.
Ozodbek Nazarbekov o'z ixtiyori bilan ushbu lavozimdan ketgan. Xonanda ham telekanalda faoliyatini davom ettiradi, u telekanalda bosh prodyuserlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan oy oxirida prezident O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni «Yoshlar» teleradiokanali direktori etib tayinlagan edi.