У нас есть только
оригинальные песни

Ozodbekning hindlardan o'g'irlangan qo'shig'i efirdan olib tashlanadimi?

calendar 09.01.2016
2228

Ozodbek Nazarbekov o'tgan yili muxlislariga Bobur g'azallariga bastalangan kuylar dastasini taqdim etgan edi. Mumtoz she'rlarga asoslangan mazkur qo'shiqlar qisqa muddatda ommalashib, tinglovchilar hamda xonandaning o'z muxlislari orasida e'tirofga sazovor bo'lgan edi. Ammo yaqinda ma'lum bo'lgan bir fakt taronalardan olingan ijobiy taassurotlarni biroz xira qildi.

Qalampir.uz sayti ijodkorlari dastadan o'rin olgan “Lola” qo'shig'ining ildizlarini taftish qilib ko'rdi. Mushtariylarning sa'y-harakatlari bilan aniqlanishicha, qo'shiqning musiqasi hind ijodkori Pani Vizxumning Nen Jae taronasidan ko'chirilgan ekan. Bu qo'shiq Ozodbek ijodidagi kuydan ikki yil muqaddam – 2013 yilda ijod qilingan.

“Nahot, O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ko'chirmakashlikka yo'l qo'ygan bo'lsa?”, - savol beradi material muallifi.
Yaqindagi bayonotlaridan birida “O'zbeknavo” mutasaddilari plagiatga yo'l qo'ygan san'aktorlarga nisbatan qattiq choralar ko'rilishi, hattoki ularning ashulalari radio va teleefirdan olib tashlanishi mumkinligi borasida bayonot berishgan edi. Bu so'zlarni xotirlagan holda, biz ham yuqoridagi savolga qo'shimcha qilmoqchi edik: O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ijod mahsuli efirdan olib tashlanadimi.

Shuni ham aytib o'tish kerakki, hozircha xonandaning ma'muri bilan bog'lanishning imkoniyati bo'lmagani bois boshqa tafsilotlar bizga ma'lum emas. Qo'shiq uchun rasmiy ruxsatnoma olinganini, yoxud “o'g'irlik”ni “erinchoq” bastakor sodir etgan bo'lishi mumkinligini istisno qilmaymiz.

Яндекс.Метрика