У нас есть только
оригинальные песни

Pahta tolasini sotish tartibiga o'zgartirish kiritildi

calendar 14.09.2016
2232

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 avgustidagi qaroriga muvofiq, pahta tolasini eksport qilish va respublikadagi korhonalarga Yetkazib berishni «O'zpahtaeksport» AJ erkin almashtiriladigan valyutada bajarishi belgilandi. Shartnomalar, bevosita yoki Respublika tovar, hom-ashyo birjasi orqali tuzilishi mumkin. Bunda, pahta tolasi Yetishtirish va uni Yetkazib berish o'rtasidagi muvozanatni saqlash e`tiborga olinishi kerak, deb yozmoqda Norma.uz sayti. 

Pahta tolasini saqlash va eksport qilish, mahalliy korhonalarga yuborish faqat pahta terminallari orqali amalga oshiriladi. Horijiy haridorlar, respublika korhonalari aynan o'sha Yerda pahta tolasining sifati hamda vaznini aniqlab, qabul qilib olishlari mumkin. 

Hujjatga ko'ra: 
- Pahta tolasini sotish va «O'zpahtaeksport» AJning «O'zpahtasanoat» AJ hududiy shahobchalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to'g'risidagi; 
- Pahta tolasini O'zbekiston Respublikasi tovar, hom-ashyo birjasi savdolari orqali respublika korhonalari va eksportga sotish tartibi to'g'risidagi;
- Pahta tolasining vaznini aniqlash va sertifikatlash tartibi to'g'risidagi qoidalar tasdiqlangan. 

Hujjatda shuningdek, «O'zpahtaeksport» AJning yangilangan terminallari ro'yhati tasdiqlangan. 

 

Яндекс.Метрика