У нас есть только
оригинальные песни

Panasonic egiluvchan batareyalar ishlab chiqardi

calendar 01.10.2016
1030

Panasonic kompaniyasi "aqlli" gadjYetlar va internet buyumlari qurilmalarini (IoT) ishlab chiqarish uchun juda yupqa litiy-ion batareyalarini namoyish qildi. Batareyaning ishlab chiqarilganligi haqidagi habar kompaniyaning rasmiy saytida chop etildi. 

Namoyish etilgan akkumulyatorlar kichik hajmga ega - 17,5 mAch'dan 60 mAch'gacha (hajmiga qarab - 28,5h39 mm - 40h65 mm'gacha). Qalinligi bir hil - 0,55 mm. Ularni 40 mm'gacha radiusda egish mumkin va ikki tomonidan 25 daraja bo'ylab aylantirish mumkin. 

Akkumulyatorning korpusini mahsus laminatsiyalangan qobiq himoya qiladi. Panasonic'ning ta`kidlashicha, yangilik portativ qurilmalarda qo'llash uchun mutlaqo havfsiz. 

Kompaniya hozircha yangi egiluvchan akkumulyatorlarni qo'llash mumkin bo'lgan aniq qurilmalarni namoyish qilmadi. Ularni taqiluvchi yoki ko'chma gadjYetlarda (bilakuzuk, soat va h.k) qo'llash rejalashtirmoqda. Panasonic o'zining yangi mahsulotini 4-7 oktyabr' kunlari Tiba shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan CEATEC JAPAN 2016 ko'rgazmasida taqdim qilishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика