У нас есть только
оригинальные песни

Panasonic Xitoyda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yadi

calendar 26.12.2015
776

                      

Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi 2017 yilda Xitoyda elektromobil va gibridlar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi zavodini ochadi, deya yozmoqda Nikkei Asian Review.

Loyiha qiymati 50 mlrd yen ($412 mln) bo'lib, xitoylik sheriklar bilan Lyaonin provintsiyasida ishga tushiriladi. Zavodda yiliga 200 mingtagacha avtomobil uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Panasonic litiy-ionli batareyalar ishlab chiqarish bo'yicha dunyodagi etakchi kompaniyalardan bo'lib, jahon bozoridagi talabning 45,7 foizini qondiradi. Bundan tashqari, yapon kompaniyasi Tesla Motors`ning asosiy hamkorlaridan hisoblanadi.

Яндекс.Метрика