У нас есть только
оригинальные песни

Paramount studiyasi yangi “Terminator” premyerasini ortga surdi

calendar 10.04.2018
1113

AQShning Paramount studiyasi Terminator haqidagi navbatdagi filmning chiqish muddatini ortga surdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Oldinroq loyiha relizi 2019-yil 26-iyuliga mo‘ljallanayotgan edi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, bu muhlat 22-noyabrga surildi.

Buning sabablari oshkor etilmayapti. Taxminlarga ko‘ra, bu Arnold Shvarsenegger yurak operatsiyasini boshdan kechirgani bilan bog‘liq.

Яндекс.Метрика