У нас есть только
оригинальные песни

Parij eng qimmat mehmonxonalarga ega shahar deb topildi

calendar 27.08.2018
952

STR Global kompaniyasi shaharlardagi mehmonxona xarajatlarini tahlil qilib chiqdi. Ma`lum bo'ldiki, yozgi turistik mavsumda eng qimmat mehmonxonalar Parijda joylashgan. 

Parij mehmonxonalarida bir sutkalik yashash o'rtacha 263 yevroni tashkil etadi. Ikkinchi o'rinni Tel-Aviv (bir kun uchun 239 yevro) egalladi. Kuchli uchlikni 236 yevro bilan Nyu-York shahri yakunladi.

Qolgan o'rinlar quyidagicha joylashgan:

4-o'rin: Tsyurix – 216 yevro;
5-o'rin: Jyeneva – 215 yevro;
6-o'rin: Rim – 182 yevro;
7-o'rin: London – 181 yevro;
8-o'rin: Kopengagen – 179 yevro;
9-o'rin: Amsterdam – 178 yevro;
10-o'rin: Dublin – 168 yevro.

Яндекс.Метрика