У нас есть только
оригинальные песни

Patriarx Kirill O'zbekistonga tashrif buyuradi

calendar 10.12.2015
1221

Moskva va butun Rus patriarxi Kirill 2016 yilda Toshkent eparxiyasining 145 yilligi nishonlanishi doirasida O'zbekistonga tashrif buyuradi.

Bu haqda Toshkent va O'zbekiston mitropoliti Vikentiy 9 dekabr kuni Bishkek (Qirg'iziston)da bo'lib o'tgan O'rta Osiyo mitropolit okrugi sinodining majlisida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Toshkent va O'zbekiston eparxiyasi rasmiy saytida.
2011 yilda Toshkent eparxiyasi patriarx Kirillning tashrifiga tayyorgarlik ko'rgan, biroq bu amalga oshmagan edi.

Moskva va butun Rus patriarxi O'rta Osiyoga yagona tashrifi 1996 yilda bo'lib o'tgan edi. O'shanda O'zbekiston va Qirg'izistonga patriarx Aleksiy II kelgan edi.

Яндекс.Метрика