«VKontakte» ijtimoiy tarmog'i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Amerikaning Apple va Google texnologik gigantlari AQShga tobe` bo'lmaslik uchun o'z davlatlarini yaratishlariga umid bildirdi. Ishbilarmon o'zining Telegram-kanalida shu haqida ma`lum qildi.
"Bir kun kelib Apple va Google kabi ulkan kompaniyalar ularning asoschilari missiyasiga ham ta`sir o'tkazishi mumkin bo'lgan har qanday hukumatdan mustaqil bo'la olishini xohlardim. Ehtimol, ular o'z davlatlarini barpo etishi kerakdir", - deb yozadi Pavel Durov.
Shuningdek, Durov Federal razvedka byurosining u va Telegram'ning boshqa ishlab chiqaruvchilari faoliyatiga aralashishga bo'lgan urinishlarini yodga oldi. Uning fikricha, aynan Amerika fuqaroligini olmaganligi tufayli u AQSh maxsus xizmatlari bilan hamkorlikdan voz kechishga muvaffaq bo'lgan.