У нас есть только
оригинальные песни

Pavel Durov o‘zining Google bilan muzokaralari haqidagi mish-mishlar manbasini “past sifatli blog” deb atadi

calendar 30.04.2016
818

Telegram yaratuvchisi Pavel Durov messenjerni sotish haqida hech qachon muzokaralar olib bormagani va bunday muzokaralarni boshlash niyati ham yo‘qligini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza. Shu tariqa, u “Sekret firmi” jurnalining Google Telegram’ni sotib olishga qiziqish bildirgani va Durov kompaniya bosh direktori Sundar Pichai bilan 2015-yil mayida uchrashgani haqidagi xabarlarini rad etdi.

“Sekret firmi” xabaridan Fortune jurnali iqtibos keltirdi. Durov Fortune “past sifatli blog”dan olingan xabarga ishongani uchun taajjub bildirdi.

Fortune xabarida “RBK” nashriga ham havola berilgan bo‘lib, Google Telegram’ni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqani, ammo Amerika kompaniyasining taklifi Durovni qoniqtirmagani aytiladi. “RBK” tilga olinishiga javoban, Durov ushbu postga izoh yozdi va “axborot manbalarini tekshiradigan Rossiyadagi yagona ishonchli OAV ‘Vedomosti’ ekanligi”ni ta’kidladi.

Яндекс.Метрика