Pavel Durov Telegram orqali terakt tayyorlangani haqida gapirib berdi
04.10.2015 1760
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov CNN telekanaliga bergan
intervyusida Avstraliyada terrorchilar messenjerdan foydalanmoqchi
bo'lishganini bayon qildi.
Uning so'zlariga qaraganda, 2015 yilning
aprelida ikki yosh ekstremist Melburnda har yili o'tkaziladigan ANZAK
kuni paradi ishtirokchisining boshini tanasidan judo qilmoqchi
bo'lishgan. Ular xatti-harakatlarini Telegram orqali muvofiqlashtirib
borgan.
Jinoyat tashabbuskori 14 yoshda, uning sherigi esa 18 yoshda
bo'lgan. 14 yoshli bola Buyuk Britaniyada, uning "buyurtmachi”si esa
Avstraliyada yashab kelgan. O'smirlar teraktni muhokama qilish asnosida
bir-birlariga 3 mingta xabar yo'llashgan.