У нас есть только
оригинальные песни

Pavel Durov “Telegram” uchun stikerlar yaratish bo'yicha tanlov e'lon qildi

calendar 25.12.2014
4758

Pavel Durov "Telegram” messenjeri uchun stikerlar yaratish bo'yicha tanlov e'lon qildi. Mukofot puli 10 ming dollarni tashkil qiladi. Uning nomidan tanlov shartlari 24 dekabr kuni "FL.ru” saytida paydo bo'ldi. Qolgan messenjerlardan farqli o'laroq, "Telegram” stikerlari ular bilan ishlash uchun oddiy interfeysga ega bo'ladi: ular qandaydir mavzu bo'yicha to'plamlarga birlashtirilmaydi va asosiysi, bepul bo'ladi. Bundan tashqari, "Telegram” stikerlari ochiq platformada chop etiladi. Barcha xohlovchilar o'z stikerlarini mavjud bo'lgan istalgan to'plamga messenjerga o'rnatilgan Stickers Bot (@Stickers) chati orqali qo'shishlari mumkin bo'ladi. To'plamlar hissiyotlar bo'yicha guruhlanadi, chunki "Telegram” stikerlarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarning o'z hissiyotlarini ifoda etishlaridir, shu jihati bilan ular smayliklar bilan o'xshash ahamiyatga ega bo'ladi. Istalgan smayl kiritilganda ushbu hissiyotga mos bo'lgan stikerlar ko'rsatiladigan yordamchi kontekst menyu paydo bo'ladi.
Яндекс.Метрика