У нас есть только
оригинальные песни

Paxta yetishtirish, uni sotish va qayta ishlash tizimida bozor mexanizmlarini joriy etiladi

calendar 10.01.2018
938

2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e`lon qilindi.

Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari» deb nomlangan. Uning Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo'limida amalga oshirilishi mo'ljallanayotgan chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Jumladan, paxta xom ashyosini yetishtirish, sotish va qayta ishlash tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish, bunda, avvalo, xom ashyo yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishni ko'zda tutish rejalashtirilmoqda.

2018 yil 10 aprelga qadar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi, «O'zpaxtasanoat» AJ, Fermerlar kengashi birgalikda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqishadi.

Loyihada:

  • paxtachilik-to'qimachilik klasterlari tashkil etiladigan tumanlar, ularni tashkil etuvchilar, klasterlar uchun ajratiladigan maydonlar, klasterlar uchun imtiyoz va preferensiyalar;
  • fermerlar shirkat xo'jaliklarini tashkil etishning institutsional va huquqiy asoslari, ular tomonidan qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda hamkorlik mexanizmlari;
  • fermerlar tomonidan paxta xom ashyosini qayta ishlovchi va to'qimachilik korxonalariga o'z ixtiyoriga ko'ra to'g'ridan-to'g'ri sotish imkoniyati nazarda tutiladi.
Яндекс.Метрика