У нас есть только
оригинальные песни

“Paxtakor” yana bir turk klubini mag‘lub etdi. Aleksandr Lobanov bu safar ham penalti qaytardi

calendar 13.01.2018
1220

Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi ikkinchi sinov-nazorat o‘yinida maydonga tushdi.

Bungacha Turkiya 3-ligasi vakilini yirik — 3:0 hisobida taslim qilgan “paxtakorchilar”, endi mamlakat 2-ligasi a’zosi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Xuddi o‘tgan safar bo‘lgani kabi, “Nasaf”dan olib kelingan himoyachilardan biri bu gal ham gol urdi.

“Turgutluspor”ga qarshi bellashuvda Aleksandr Lobanov 2 ta penaltini qaytarishga erishgandi. Ikkinchi o‘yinda ham hakamlar aynan Lobanov o‘ynayotgan vaqtda “Paxtakor” darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi tayin qildi. Lobanov bu safar ham o‘zini ko‘rsatib, penaltini qaytarishga erishdi.

“Paxtakor” Turkiya 3-ligasi vakilini taslim qildi. Lobanov bir emas, 2 ta penalti qaytardi

O‘rtoqlik o‘yini

Belek, Turkiya

12-yanvar, juma

“Paxtakor” — “Amedspor” 2:0

Gollar: Akmal Shorahmedov, 4 (1:0). Jasur Hakimov, 86 (2:0).

“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov (Eldor Suyunov, 46) — Farrux Sayfiyev (Stanislav Andreyev, 64), Marko Simich (Vladimir Kozak, 64), Sherzod A’zamov (Akbar Ismatullayev, 64), Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev (Doston Ibrohimov, 64), Jaloliddin Masharipov (Sobit Sindarov, 64), Jamshid Iskanderov, Bahrom Abdurahimov (Ibrohim G‘anixonov, 64), Tiago Bezerra (Jasur Hakimov, 64).

Яндекс.Метрика