У нас есть только
оригинальные песни

“Paynet” yangi “Raynet” brendi ostida o‘z faoliyatini davom ettiradi

calendar 13.05.2018
2328

Ma’lumki, Adliya vazirligi tomonidan har hafta qonun hujjatlari mazmuni, mohiyati va ahamiyati aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish, yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida “Adliya axboroti” nomli brifing tashkil etilib kelinmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar beradi.

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 11-may kuni o‘tkazilgan brifingda 11 ta qonun hujjati, shu jumladan 7 ta Prezident farmoni va qarorlari, 4 ta hukumat qarori haqida ma’lumot berildi.

Xususan, brifingda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2018-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Xalq banki va “Mikrokreditbank”ni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishilari belgilab berildi.

Brifingdan so‘ng, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “Paynet” yopilayaptimi degan mazmundagi muhokamalarga sabab bo‘lgan Prezidentning 2018-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga bag‘ishlangan matubot anjumani o‘tkazildi.

Unda OAV vakillariga AT Xalq banki mutaxassisi “Uzpaynet” MCHJning tugatilganligini ma’lum qilib, uning o‘rnida yangi “Raynet” brendi ostida mazkur faoliyat davom ettirilishini ma’lum qildi.

Xalq bankida jismoniy shaxslardan yetkazib beruvchilar oldidagi o‘z pullik majburiyatlarini bajarish uchun to‘lovlar qabul qilish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma tuzilishi nazarda tutildi.

Tadbirda OAV vakillari “Uzpaynet“ MCHJda faoliyat yuritganlar taqdiri, uni amalga oshirishning zamonaviy shakllari va qulayliklari haqidagi savollar bilan murojaat qilishib, ularga javoblar olishdi.

Яндекс.Метрика